Turonbankning ishlab chiqarish XIII seminari

Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti B-bino 109-auditoriyasida “Iqtisodiyot” fakultetida tahsil olayotgan “TURONBANK” ATB stependiat talabalari va professor o‘qituvchilari uchun 25.01.2025 yilda “TURONBANK” ATB Chakana biznes departamenti direktori  Talipov Alisher bilan "Turonbank ATB tomonidan taklif etilayotgan Chakana xizmatlar turlari hamda sotuv amaliyotlarini kuchaytirish" mavzusida 2024-2025 o‘quv yili uchun rejalashtirilgan XIII-seminar tashkil qilindi.

Bugungi kunda yuzaga kelayotgan sogʼlom raqobat muhitini shakllantirish hamda mijozlar uchun qulayliklarni yanada kengaytirish maqsadida banklarda bir qator yangi loyihalar va xizmat turlari yoʼlga qoʼyilgan. Filiallar tasarrufida tashkil etilgan chakana kassalar orqali aholiga barcha turdagi toʼlovlarni qabul qilish, omonatlarga pul mablagʼlarini jalb etish, SWIFT operatsiyalari, sifatli xalqaro pul oʼtkazmalari, valyuta ayirboshlash amaliyotlari, plastik karta xizmatlari kabi koʼplab mahsulot va xizmatlar tez hamda sifatli taqdim etilayotganligi boyicha malumotlar berdi. Maruza yuzasidan talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

 

“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari

U.Xoliyorov  ma’lumoti

 Universitet matbuot xizmati